“Yuksalish” umummilliy harakati tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 40 nafar ayollarning yillik ro‘yxatini e’lon qildi

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari, muassasalari va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 40 nafar ayollarning yillik ro‘yxatini e’lon qildi. 

Mazkur ro‘yxatdan Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ham o‘rin olgan.

Reytingni shakllantirishda xotin-qizlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni, ular mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirish, tarmoqlarni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional ta’sir darajasi inobatga olindi.