Yurtimiz yoshlari uchun xushxabar

 Iqtidorlimisiz?..

Yurtimizning iqtidorli yoshlari  uchun  "Yangi O'zbekiston" universitetida grantlar taqdim etiladi!

Sizda endi "Yangi  O'zbekiston" universiteti talabasi bo'lish va ushbu grantlarni qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.

”Yangi O’zbekiston” Universiteti yo‘nalishlari va qabul kvotasi:
Mexanika muhandisligi (100 o’rin)
Kimyo muhandisligi (100 o’rin)
Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o’rin)

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

Eslatib o'tamiz, ”Yangi O'zbekiston” universitetiga qabul  joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Hujjatlar  https://newuzbekistanuniversity.uz/