“Zakovat intellektual klubi” NNT Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Azamat Matkarimov Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib, mahorat sabog‘ini o‘tkazdi.
Bir-biridan qiziqarli savollarga boy bo‘lib o‘tgan ushbu turnirda 9 ta jamoa qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egallashdi:
1-o‘rin - Premium 8.01 jamoasi;
2-o‘rin - Leaders 10.01 jamoasi;
3-o‘rin - Renessans 9.02 jamoasi.
Azamat Matkarimov tomonidan maktabda “Zakovat” to‘garagi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilganligi alohida e’tirof etildi.