Hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar quyidagi tashkilotlar bilan imzolandi:
- Al-Xorazmiy nomidagi maktabda eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun “Zamin” jamg‘armasi bilan birgalikda IT sinfini tashkil etish to‘g‘risida;
- Agentlik tasarrufidagi maktablarning professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda. Ushbu memorandum doirasida Buyuk Britaniya kollejining matematika o‘qituvchilari ishtirokida mahalliy matematika o‘qituvchilari uchun “Buyuk Britaniya maktablarining matematikani o‘qitish va o‘quvchilar bilimini baholash tajribasi” mavzusida veb-seminar o‘tkazildi.