Ko'p beriladigan savollar


2024/2025-oʻquv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarining (https://t.me/piimauz/16328) 7-sinfiga oʻquvchilar qabul qilinadi. 

✅ Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:
➖Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar 
➖Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 60 nafar,
➖Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
➖Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
➖Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
➖Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
➖Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
➖Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar 
➖Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.


 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 
➖ baholar tabeli nusxasi;
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.


➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. 


➖Umumtaʼlim maktablarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hujjat topshirishlari mumkin.


Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).


➖Umumtaʼlim maktablarining 6-sinfini tamomlagan o‘quvchilar hududidagi ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatining tabiiy fanlar yo‘nalishiga, Mirzo Ulug‘bek nomidagi yoki Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga ham alohida hujjat topshirishlari mumkin.


Talabgorning birinchi bosqich imtihonlarida egallagan ballari uning ikkinchi bosqich imtihonlarida inobatga olinmaydi. 


Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi tanqidiy fikrlash, muаmmoni hal qilish va ingliz tilidan bo'lib o'tadi.


➖Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi. 


➖Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi. 


➖Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.


✅O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.


➖Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.


➖Mazkur maktablarga kirish imtihonlari savollari taʼlim dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan spetsifikatsiyalarga asosan tuziladi.