19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E’LON QILINDI!

19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI ELON QILINDI!

Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 21 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Qirg'iziston, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya, Qozog‘iston, Germaniya, Peru, Misr, Ukraina) 1238 nafar o‘quvchilar (matematika fanidan - 515 nafar, fizika fanidan - 341 nafar, informatika fanidan - 382 nafar) ishtirok etdi. Mazkur xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchi yoshlar 5 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ularning 10 nafari (4 ta kumush, 6 ta bronza) Agentlik tizimidagi maktablarning o‘quvchilarini tashkil qiladi.

O‘quvchilarimiz bilan tanishing:

 FIZIKA FANI BO‘YICHA:

Sultonov Javohir Xurshidovich — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek maktabining 11-sinf o‘quvchisi bronza medali;

 

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA:

Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li — Andijon viloyati, Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi bronza medali;

Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li — Namangan viloyati, Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi bronza medali;

Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medali;

 

MATEMATIKA FANI BO‘YICHA:

Raxmatov Anvar Zufarjonovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Ortiqov Yusufjon Shamshodovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi bronza medali;

Suyunova Madina Muhiddin qizi — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, bronza medali;

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son Qaroriga muvofiq mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadalari uchun o‘tkaziladigan saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi hamda o‘rnatilgan tartibda g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan.

Yuqoridagi xalqaro Jautikov olimpiadasi ham mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi.