23-MAY KUNI IJOD VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIMIZDA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024

⚡️Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

⏺ Ochiq eshiklar kunida:

➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆  23-may 
⏳  Soat 10:00 dan 15:00 gacha

📝 IJOD MAKTABLARI (https://t.me/piimauz/13980)
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR (https://t.me/piimauz/16105)

📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot. (https://t.me/piimauz/16165)