Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan "Uchinchi renesans bunyodkorlari" nomli O'zbekiston yoshlari va talabalari forumida Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Bu – o'z oldiga aniq maqsadlarni qo'ygan, ilm o'rganishga ishtiyoqi baland, ilmli, intiluvchan, Vatan kelajagini ishonib topshirishga arziydigan yurtimiz yoshlari bayramidir.
Aziz yoshlar, sizlar yurtimizning munosib farzandi bo'lishingizga ishonamiz, bu yo'lda kuch-g'ayrat va shijoat hech qachon sizni tark etmasligini tilaymiz.
Hurmat bilan,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi jamoasi