4 TA PREZIDENT MAKTABIDA YANGI O‘QUV YILIGA START BERILDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida o‘quv yili boshlanmoqda. Bugun, 28-sentabr kuni faoliyat yuritayotgan 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi vakillari, Yozuvchilar Uyushmasining taniqli ijodkorlari ishtirok etishdi. Tadbir she'rlar va badiiy chiqishlarga boy bo'ldi. Ilk o‘quv soatini o'quvchilar "Mustaqillik darslari" bilan boshlashdi.

Ma'lumot o‘rnida, 2021-2022 o'quv yilida Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-6 sinflarga qabul bo‘lib o‘tdi.