9- va 11-sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi

#yakuniy_davlat_attestatsiyalari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar 

⚡️Agentlik tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida 9- va 11-sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi.

Jarayonlar boshlanishidan oldin masʼullar tomonidan oʻquvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim boʻlgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.

Ushbu yakuniy attestatsiya imtihonlari joriy yilning 27-mayidan 15-iyuniga qadar oʻtkaziladi.    

Jarayondan fotosuratlar