Westminster Xalqaro Universiteti loyihasida Prezident maktabi o‘quvchisi g'olib bo'ldi

 

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Westminster Xalqaro Universiteti tomonidan "Public Speaking Contest" loyihasi o'tkazildi. Loyihada maktabning 9-10 sinf o'quvchilari turli mavzularda o'z nutq so'zladi.  O'n to'rt ishtirokchidan, besh nafari final bosqichiga yo'l olishdi. Finalda esa 9-sinf o'quvchisi Firdavs Ortiqov g'olib bo'ldi.

O‘tkazilayotgan bu kabi loyihalar o‘quvchi yoshlarning o‘z fikrini ingliz tilida ravon so‘zlay olishida kata ahamiyatga ega. Shu bilan birga bu ularning notiqlik san’atini egallashlarida ham yordam beradi.