Ijod maktabiga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Nоrbоyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Maktabda olib borilgan ishlar, o'zgarishlar va erishilayotgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.  O'quvchilar Ogahiy g'azallari va o'z ijodlaridan namunalar o'qib berishdi. Shuningdek,  hozirgi kunda ayollar va qizlarga qaratilayotgan e'tibor to'g'risida maktab pedagog  xodimlari va o‘quvchilar bilan suhbat olib borildi.

Uchrashuv so'ngida Tanzila Nоrbоyeva ijod maktabining faol o‘quvchi qizlariga kitoblar sovg'a qildi.