Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) rahbariyati 11-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan tanishish uchun mazkur taʼlim muassasasiga tashrif buyurdi.
Agentlik rahbariyati tashrif doirasida maktab moddiy-texnik bazasi va taʼlim jarayonlari bilan tanishdi. Shu bilan birga, maktabning “Qodiriy izdoshlari” toʻgaragi aʼzolarining ijodiy chiqishlari hamda “Besh tashabbus – bizning maktabda” shiori ostida oʻquvchilarning chiqishlari mehmonlarga taqdim etildi. Oʻquvchilarning ijodiy chiqishlari barcha mehmonlarga manzur boʻldi.
Tashrif davomida agentlik rahbariyati va maktab maʼmuriyati oʻquv muassasasida taʼlim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqishdi. Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.