Ota-onalarga murojaat

Prezident ta'lim muassasalari agentligi ota-onalarga yana bir bor eslatma bilan murojaat qiladi.

Hurmatli ota-onalar!

Prezident maktablariga kirish imtihon jarayonlari ketayotgan hududda  karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda masofa saqlashingizni so‘raymiz.

Ochiq havoda masofa saqlanganda virus yuqishi ehtimoli kamayishi haqida Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu o‘rinda biz dunyo olimlarining fikri bilan ham qiziqdik.

Germaniyalik bir guruh olimlar agar ijtimoiy masofa saqlansa, ochiq maydonlarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli minimal degan xulosaga kelishdi. Bu SARS-CoV-2 ning barcha shtamplariga tegishli.

Xitoylik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusni yuqtirib olish  bilan bog‘liq o‘rganilgan 7324 holatdan faqat bittasi ochiq havoda sodir bo‘lgan.