Agentlik delegatsiyasi Germaniyada

Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya vakillari kunning birinchi yarmida  TUM International rahbari Friederika Hettinger bilan uchrashdi. Unda Friederika Hettinger TUM  International tashkiloti haqida taqdimot qilib,  o‘z strategiyalari bilan yaqindan tanishtirdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa mehmonlar uchun workshoplar tashkil etiladi.