AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN  KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI

Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak,
– Prezident maktablariga 62 062 nafar;
– Ijod maktablariga 5 512 nafar;
– Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;.
– Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan. 

Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi.

Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman.

Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman!

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.