Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 36 nafar bitiruvchilari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari talabasiga aylanishdi

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning  36 nafar bitiruvchilari  muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari talabasiga aylanishdi:

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh kimyogarlar va biologlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7 nafar;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 16 nafar;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 13 nafar bitiruvchilari mahalliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.

Shuningdek,"El yurt umidi" jamg'armasining 350 o'ringa mo'ljallangan stipendiya tanlovi natijalariga ko'ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 2 nafar bitiruvchisi:
 Abduganiyev Abdulaziz 160 000 AQSH dollari
 Boboqulov Alisher 192 000  AQSH dollari miqdoridagi davlat granti sohibi bo'lishdi.


Avvalroq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Nodira Sa'dullayevaning  bir nechta universitetga grant asosida  qabul qilinganini xabar bergan edik.