Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari navbatdagi olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 12-13-dekabr kunlari Baku shahrida “MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo fondi” ko‘magida matematika, fizika, kimyo fanlari bo‘yicha “Iqtidorlarni tayyorlash laboratoriyasi” xalqaro o‘smirlar olimpiadasi o‘tkazildi. 

Mazkur olimpiadada har bir davlatdan 16 yoshgacha bo‘lgan 3 nafardan yoshlar ishtirok etishdi. 

Ular:
– Muhammadjon Bobomurodov  – Toshkent shahridagi Prezident maktabi, 
– Nigina Abdubannoyeva – Namangan shahridagi Prezident maktabi, 
– Ozodbek Axtamov – Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.

Natijalarga ko‘ra Ozodbek Axtamov  kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

 O'quvchilarimiz jamoaviy hisobda 4-o‘rinni egallashdi.