AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni  tekshirib turishni unutmang.

"Shaxsiy kabinet" da, shuningdek Prezident maktablari saralash imtihonlari maslahat-tanishtiruv kuni haqida ham ma'lumot beriladi. Talabgorlar maslahat-tanishtiruv kunida ishtirok etishlari shart.

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Talabgordan ruxsatnomani chop etib olish hamda maslahat-tanishtiruv kuni va imtihonga mazkur ruxsatnoma bilan kelish talab qilinadi.