Bugun, 14-dekabr kuni Britaniya Kengashining Markaziy Osiyodagi imtihon masalalari bo‘yicha rahbari Zhanar Rakhimzhanova Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Agentlik vakillari bilan Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilarining IELTS imtihoni topshirishlari uchun qulayliklar yaratish dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek o‘qituvchilar uchun Aptis tests dasturi bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida mehmonlar uchun Prezident maktabi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, ular maktab hayoti hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.