Agentlik tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda trening tashkil etildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik huzuridagi maktablar o'qituvchilari malakasini oshirish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. Mazkur treninglarning ilk manzili Nukus shahridagi Prezident maktabi bo'ldi.

Trening jarayonini ZOOM platformasi orqali Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola  Umarova ochib berdi va ishtirokchilarga trening ishida muvafaqqiyat tiladi.

Treningda Nukus shahridagi Prezident maktabi va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg'ulotlardan ko'zlangan maqsad, ishtirokchilarni zamonaviy yondashuvlarni ta'lim jarayoniga tatbiq qilish va ta'limda baholash metodikasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Trening mashg'ulotlari xalqaro toifadagi o'qituvchi-trener Tomas Topham va mahalliy trener-o'qituvchilar boshchiligida o'tkazildi.

Bu kabi treninglarni muntazam ravishda gibrid shaklda (ham onlayn, ham offlayn tarzda) tashkil etish ko'zda tutilgan.