Bugun, 24-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili fanlaridan ta’lim dasturlari, hamda robototexnika bo‘yicha qo‘llanma muhokama qilinib, mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirishdi.
Ilmiy metodik kengash a'zolari tomonidan yaratilgan ta'lim dasturlari xalqaro talablar asosida ishlab chiqilganligi e'tirof etildi.
Yig‘ilish so'ngida muhoma etilgan ta'lim dasturlari tajriba-sinov uchun tavsiya etildi.