AQSHda o‘zbek ijodkorlarining "Uzbek anthology" to'plami chop etildi.

Ingliz tilida nashr qilingan mazkur to‘plamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari:

Ziyoda Saparbayeva 
Gulmira Ravshanbekova
Mohichehra Qadamova

va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Visola Tursunova qalamiga mansub she’rlar ham o‘rin egalladi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur to'plam Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashqari Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya kabi dunyoning 26 ta davlatida sotuvga chiqarilgan.