“Axborot olami muammolari va internet” mavzusida mahorat darsi

Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab internatida Prezidentimizning “Yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish” boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning 3-yoʻnalishi “Aholi va yoshlarni kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish koʻnikmalarini oshirish” yuzasidan maktab oʻquvchilari bilan, joriy yilning 27-fevral kuni “Fevral-matematika va informatika fan oyligi” doirasida mahorat darsi maktab-internatining informatika fani oʻqituvchisi Gapurova Zilola Islamovna tomonidan oʻtkazildi.

Mahorat darsi jarayonida “Axborot olami muammolari va internet” mavzusi videorolik, koʻrgazmali qurollar, tarqatma materiallar bilan keng yoritib berildi. Mahorat darsida “Aqliy hujum”, “BBB”, “Muammoli vaziyat” metodlardan foydalanildi. Maktab-internatimiz ona tili va adabiyot fanini chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilganligi uchun ona tili va adabiyot, tarix va matematika fanlariga bogʻlab, darsni integratsiya usulida olib bordi. Oʻquvchilar yangi mavzuni mustahkamlash uchun kompyuterda amaliy mashgʻulotlar bajardi.

Darsda lirik chekinish ham qilindi, unda oʻquvchilarning bugungi kunda jahonda roʻy berayotgan voqea hodisalarni baholash va ularga munosabat bildirish maqsadida “Siyosiy axborot bilimdoni” oʻtkazildi. Unda Abduazimova Farangiz, Najmiddinova Nigora va Ergashova Zilola kabi oʻquvchilar jahonda va Oʻzbekistonda kuzatilayotgan siyosiy axborotlar haqida maʼlumotlar berishdi. Dars soʻngida oʻquvchilar faol ishtiroklari uchun ragʻbatlantirildi. Oʻquvchilarning yutuqlari va kamchiliklari baholandi. Uyga vazifa sifatida internet tarmogʻidagi axborot olami muammolarini oʻrganish topshirigʻi berildi.