⚡️Barcha muhandislik yoʻnalishi talabalariga grant ajratiladi

Barchamizga maʼlumki, hozirda davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik taʼlim yoʻnalishlariga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev huzurida oʻtkazilgan taqdimotda mamlakatimizda yiliga 3 mingdan ziyod sanoat korxonalari tashkil etilib, ularda yiliga 25 mingdan ziyod muhandis va texnologlarga ehtiyoj borligi aytildi.

Shu maqsadda keyingi oʻquv yilidan Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi taʼlim dasturlarida tahsil oluvchi talabalarning barchasiga 4 yillik 40% grant ajratiladi.

Bundan tashqari talabalar bir yillik 50%, 70% va 100% lik grant asosida ham tahsil olishlari mumkin.

Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

Kvota doirasida joylar soni chegaralangan. Hoziroq oʻqishga ariza topshiring va oʻz grant joyingizni band qiling.

#Qabul2024 #admission2024 #grant