Biz uchun qadrli ota-onalar, buva-buvijonlar

 

Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy oʻquv kurslari mavjud emas!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi eʼlonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida moʻmaygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining eʼlonlari juda koʻpayib ketdi. Angliyaning Cambridge assessment tashkiloti tomonidan tashkil qilinadigan test sinovlariga bu kabi oʻtkazilayotgan testlarga umuman aloqasi yoʻq.

Asosiy maqsadimiz iqtidorli, bilimga chanqoq, oʻz ustida doimiy ravishda ishlaydigan, izlanadigan, shijoatli oʻquvchilarni shaffof sinov orqali tanlab olish.

Qaytarib oʻtamiz, PRESIDENT SCHOOLS (BLOG), Next Step Up School, Reprez.uz veb-sahifasi yoki “Prezident maktablari uchun tayyorlov kurslari” deb eʼlon berayotgan boshqa oʻquv kurslarining Prezident maktablariga hech qanday daxli yoʻq.

Biz farzandlari kelajagi va tarbiyasiga katta eʼtibor berib, ular kamoli uchun tinmay harakatda yurgan barcha ota-onalarga kuch-gʻayrat tilab qolamiz!