Begʻubor Yoshlik faslining arzirli onlarida kelajagimiz uchun katta rejalar tuzsak, oldimizga katta maqsadlar qoʻysak vaqtdan yutqazmagan boʻlamiz. Vatan bizga koʻp narsa berdi. Sanasak sanogʻi koʻrinarmikan? Ularni ichida eng kerakli bergan narsasi - tinchlik va imkoniyat. Biz Vatanga farzand boʻlib uning ravnaqi uchun fidoiylik inʼom etaylik. Bu farzandlik burchimiz. Yoshlar kunida oʻzimiz his qila olgan hislarni hamma bilishini, Vatanni sevishini istaymiz. Qadrli yoshlar va yoshlarni tarbiya qilayotgan aziz insonlar 30 -iyun muborak boʻlsin! Aytar soʻzimiz Vatanga kerakli inson boʻlaylik. Zero, biz yaqinlashib kelayotgan maqsadli - Kelajakmiz!