Bugungi kunda PISA testlari barcha fanlar singari kimyo fanida ham muhim oʻrin tutadi. Bunday testlar oʻquvchilarda aniq, mantiqiy fikrlashni, ijodkorlikni, jarayon yoki hodisa-holatni aniq tasavvur qilish imkonini beradi.

 

Bilimni buyuk, oʻquvni ulugʻ  bil,
Bu ikkisi tanlangan bandasini ulugʻlaydi.
Zakovat qayerda boʻlsa, ulugʻlik boʻladi,
Bilim kimda boʻlsa buyuklik oladi.
                                                                           Yusuf Xos Hojib

Bugungi kunda PISA testlari barcha fanlar singari kimyo fanida ham muhim oʻrin tutadi. Bunday testlar oʻquvchilarda aniq, mantiqiy fikrlashni, ijodkorlikni, jarayon yoki hodisa-holatni aniq tasavvur qilish imkonini beradi.
Agentlik (PIIMA) tasarrufidagi Ibn Sino nomidagi kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kimyo fani oʻqituvchisi, ekspert, Jasurbek Qurbonov tomonidan yaratilgan, 300 ta PISA testni oʻz ichiga olgan qoʻllanma nafaqat ixtisoslashtirilgan maktablar, balki barcha umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar oʻquvchilari uchun ham juda foydali hisoblanadi.  Qoʻllanma yettinchi sinf darsligi asosida tayyorlangan boʻlib, jadvali, grafikli, rasmli mantiqiy testlarni oʻz ichiga olgan.