“Cerebrum” nomli intellektual – logik​ tanlovi o'tkaziladi

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qoshidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Cerebrum” nomli intellektual – mantiqiy tanlovning maqsad va vazifalari:

  • Prezident, ijod ommabop ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qoshidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida eng kuchli jamoalarni aniqlash;
  • Oʻquvchilarni karantin vaqtida intellektual ijodkorlikka jalb etish;
  • Iqtidorli oʻquvchilar orasida raqobatbardosh muhitni yaratish;
  • Masofadan turib jamoa bilan ishlashni rivojlantirish;
  • Oʻquvchilar oʻz ustida ishlashi uchun qulay muhit yaratish;
  • Ilmiy – ommabop tadbirlarni tashkil qilish metodikasini rivojlantirish;

Konkurs oʻtkazilish tartibi:

  • Konkurs 2 bosqichda oʻtkaziladi: saralash bosqichi va final. Saralash bosqichi 2020 yil, 20 may kuni soat 15:00 da oʻtkaziladi va unda barcha 16 jamoa (4 Prezident maktabi, 9 ijod maktablari va 3 ixtisoslashtirilgan maktablar) qatnashadi. Final esa 2020 yil, 22 may kuni 15:00 da boʻlib oʻtadi va unda saralash bosqichida eng yuqori oʻrin egallagan 4 jamoa bellashadi;
  • Jamoalar har biri 6 kishidan iborat boʻladi va qatnashuvchi jamoa sardorlari 2020 yil, 19 may soat 14:00 gacha telegram orqali +998909432826 raqam egasiga oʻz jamoasi haqida maʼlumotlar (maʼlumotlar namunasi Word fayl koʻrinishida beriladi) ni yuborishlari lozim va shu raqam egasidan konkurs oʻtkaziladigan telegram kanalga ssilkani qabul qilib olishlari mumkin boʻladi;
  • Har bir bosqichda 15 tadan savol oʻynaladi;
  • Savollar aytilgan vaqtdan boshlab kanalga joylab boriladi va har bir savolga 4 daqiqadan beriladi. Vaqt tugagach kanalda vaqt tugagani haqida maʼlumot paydo boʻladi va bir necha daqiqa tanaffus eʼlon qilinadi. Bu vaqt ichida bizning ishchi guruh natijalarni tekshirib ulguradi va kanalda har bir savoldan soʻng natijalar eʼlon qilib boriladi.
  • Jamoa sardorlari berilgan 4 daqiqa ichida oʻz javoblarini +998909432826 raqam egasiga joʻnatishlari lozim. Vaqtidan kechikib yuborilgan javoblar hisobga olinmaydi.
  • Barcha savollarga javoblar berib boʻlingandan soʻng yakuniy natijalar eʼlon qilinadi. Agarda jamoalar toʻplagan ballar teng boʻlib qolsa, yana qoʻshimcha savollar berish orqali oʻrinlar aniqlab olinadi.
  • Konkurs yakunida gʻoliblar egallagan oʻrinlariga mos ravishda sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.

DIQQAT!!!

  • Bir maktab nomidan faqat bitta jamoa qatnashish huquqiga ega. Bu qoida buzilgan holatda shu maktab nomidan maʼlumot yuborgan barcha jamoalar chetlashtiriladi;
  • Yuqorida keltirilgan maktab jamoalaridan boshqa jamoalar qatnashish imkoniyatiga ega emaslar;
  • Javoblar faqatgina jamoa haqida maʼlumot yuborgan raqamdan qabul qilinadi. Boshqa raqamlardan yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi;
  • Javoblar yuborish uchun berilgan raqamga javoblardan tashqari har qanday maʼlumot yuborilishi taqiqlanadi. Bunday holatlar kuzatilganda jamoaga jarima tariqasida balidan olib tashlanadi;
  • Har bir savolga faqat 1 marta javob berish mumkin. Ikki yoki undan koʻp javoblar berilgan holatlarda faqat birinchi javob inobatga olinadi. Berilgan javobga oʻzgartirish kiritilgan holatlarda javob umuman qabul qilinmaydi;
  • Berilgan javoblar toʻgʻri javob bilan maʼno jihatdan toʻgʻri kelsa, u ham toʻgʻri javob sifatida qaraladi;