Malayziya komissiyasining bola huquqlari komissari Agentlikda

 Inson huquqlari bo'yicha Malayziya komissiyasining bola huquqlari komissari Noor Aziah Mohd Awal  hamda O'zbekistondagi bola huquqlari boʻyicha vakil  Aliya Yunusova  Prezident ta’lim muassasalari agentligiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, о‘quvchilar bilan suhbatlashdi va ular tomonidan yaratilgan loyiha va ishlarni ko'zdan kechirishdi.

Shuningdek, "Zamin Education" o‘quv dasturi va onlayn video darsliklar uchun mo'ljallangan platforma, maxsus eshitish uchun yordamchi qurilmalar hamda  "Zamin" o'quv xonasidagi shart-sharoitlari bilan tanishdilar.