Ijod maktablarida tanlov

Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri, zamonaviy o‘zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin Vohidov tavalludining 84 yilligiga bag‘ishlab ijod maktablarida “Erkin Vohidov nodir iste'dot sohibi” nomli tanlov o'tkazildi.  Tanlovning nazm yo'nalishida I.Yusupov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Jaksilikova Gulqumar 3-o’rinni egalladi. G.Jaksilikova tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus Diplom va kitoblar to'plami bilan taqdirlandi.

Shu o'rinda, I.Yusupov nomidagi ijod maktabi tanlov tashkilotchilari hamda E.Vohidov nomidagi ijod maktabiga minnatdorchilik bildiradi.