"Raqamli avlod qizlari-2021" Forumiga start berildi

“Raqamli avlod qizlari-2021" Forumini  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan  maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi: “IT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning soni kam edi, so’ngi yillarda esa bu sohaga qiziquvchi qizlar soni ortib borayotgani quvonarli, albatta. Shu o’rinda  ham iqtisodchi, ham dasturchi sifatida dasturlashning qizlar uchun ham ahamiyatli soha deb ayta olaman.  Ushbu Forum aynan shu maqsadni ko’zda tutadi. Forum yakunida yuqori natijalarga erishgan qizlarni ish bilan ta’minlashda ham ko’maklashamiz”. 
45 nafar iqtidorli qizlarni oʻz atrofida birlashtirgan mazkur loyiha qatnashchilarning dasturlash,grafik dizayn va loyihalarni boshqarish yoʻnalishlarida oʻz bilimlarini oshirishga koʻmaklashadi.
Forumning ochilish marosimi noodatiy tashkil etildi. O'ziga xos atmosfera, erkin muloqot muhitidan iborat jarayonlar ishtirokchilarni quvontirgani bejiz emas. 
Forumning ochilish marosimi noodatiy tashkil etildi. O'ziga xos atmosfera, erkin muloqot muhitidan iborat jarayonlar ishtirokchilarni quvontirgani bejiz emas. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi rahbari Hilola Umarovaning ishtirokchilar  bilan samimiy suhbati esa qizlarga yanada ruh bag'ishladi.