DIQQAT, EʼLON

#imtihon_2024
#ijod_maktablari

 Ijod maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichi ertaga, 29-iyun kuni barcha ijod maktablarining binosida boshlanadi!

Ijod maktablarining 2-bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak. 

 Maʼlumot oʻrnida:
➖ Imtihonning 2- bosqichi ya'ni ijodiy suhbatda talabgorning  ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi. 

Talabgor uchun eslatma:

🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.

❌ Quyidagi holatda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa.

Eslatib oʻtamiz:

Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi:

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.