EʼLON: IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI 27-UYUN KUNI BOSHLANADI

#imtihon_2024
#ijod_maktablari

DIQQAT, E’LON 

 Ijod maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi ertaga, 27-iyun kuni boshlanadi!

Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Talabgor uchun eslatma:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.
Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart.

 Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa;
➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelsa.

 Eslatib o'tamiz:

Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

 birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
 ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
 uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

IMTIHON BOʻLIB OʻTADIGAN MANZILLAR: https://portal.piima.uz/page/imtihon-manzillari