Joriy yilning 26-aprel va 2-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.
Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.
26-aprel va 2-may kuni
Soat 09:30 dan 14:00 gacha
Aziz oʻquvchilar, keling ixtisoslashtirilgan maktablarimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!
HUDUDIY MAKTABLAR (https://t.me/piimauz/16105)