Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi ijod maktablari o‘quvchilari orasida “Erkin Vohidov – nodir iste’dod sohibi” nomli ijodiy tanlovi o‘tkazdi.
Tanlov oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini yanada rivojlantirish, ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ilmiy tadqiqot, nazm, nasr hamda AKT sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratib berish maqsadida tashkil etildi.
“Erkin Vohidov – nodir iste’dod sohibi” nomli ijodiy tanlovi ijod maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn shaklda o‘tkazildi:
- nazm yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi she’rlar);
- nasr yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar);
- badiiy publisistika yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodining badiiy-publisistik janrdagi asarda yoritilishi);
- badiiy tarjima yo‘nalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari);
- “Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilimdonlari” yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan tuzilgan onlayn test sinovlarida va “zoom” ilovasi orqali o‘tkaziladigan savol-javoblarda ishtirok etish);
- teleradiojurnalistika yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid 3-5 daqiqali video va audiolavhalar tayyorlash).
Tanlov shartlarini bilimdonlik bilan bajargan o‘quvchilar haqiqatdan ham Erkin Vohidov asarlari buyuk ekanligini yana bir bor isbotladilar. Natijalarga quyidagi o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
O'rin | Ishtirokchi | Maktab | Ball |
NAZM yo'nalishi | |||
1 | Mamatkarimova Muattar | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi | 85 |
2 | Tursunova Sarvinoz | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi | 82 |
3 | Zinatshoyev Hojiakbar | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi | 80 |
NASR yo'nalishi | |||
1 | Olimjonova Sarvinoz | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi | 92 |
2 | Egamberdiyeva Odina | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi | 90 |
3 | Gulxumor Jaqsilikova | Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi | 80 |
BADIIY PUBLISISTIKA yo'nalishi | |||
1 | Dildora Xabibullayev | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi | 95 |
2 | Gulzoda Turdaliyeva | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi | 90 |
3 | Dildora Anarboyeva | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi | 80 |
TELERADIOJURNALISTIKA yo'nalishi | |||
1 | Akmal Abduraxmonov | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi | 85 |
2 | Zohida Sotvoldiyeva | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi | 80 |
3 | Gulchiroy Danronbekova | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi | 82 |
ERKIN VOHIDOV HAYOTI VA IJODI BILIMDONI yo'nalishi | |||
1 | O'quvchilar jamoasi | Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi | |
2 | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi | ||
2 | Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | ||
2 | Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi | ||
3 | Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi | ||
3 | Muhammadrizo Ogahiy nomidagi ijod mktabi |