Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 3 yoshda (Video)

Roziyaxon Komiljonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi. Erkin Vohidov nomidagi Ijod maktabi 2018 – yil 14 – mayda tashkil etilgan Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyot, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 134 nafar o‘quvchilar tarbiyalanmoqda. 11 ta o‘quv xonasi, 14 o‘rinli axborot texnologiyalari zali, 3000 dan ortiq kitoblar jamlangan kutubxona yosh ijodkorlar ixtiyorida. 90 o‘rinli oshxona, 140 o‘rinli yotoqxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. 63 nafar pedagog va tarbiyachilar o‘quvchilarning barcha fanlardan puxta bilim olishlari, ayniqsa, ona tili va adabiyot, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlariga ham ijodiy yondashadilar: