Farg'ona shahrida seminar-trening tashkil etildi

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan hamda xalq ta'limi tizimida faoliyat yurituvchi ustozlar ishtirokida Farg'ona shahrida seminar-trening tashkil etildi. Asosiy maqsad Prezident maktablarida joriy etilgan o'quvchilarni o'qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, ta'lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o'qitishning fanlararo yondashuvini, shuningdek, ko'plab boshqa ijobiy tajribalarni xalq ta'limi tizimi bilan o'rtoqlashishdir.

Ushbu seminarda ko'p yillik tajribaga ega mutaxassis, trener Tomas Topxem hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi o'qituvchisi Aslam Ibrohim ishtirok etdi.

Ta'kidlab o'tish joiz, bu kabi seminar-treninglar respublikamizning turli hududlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.