Farzand tarbiyasida oilaning o'rni

 

Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo’lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Oila tarbiyasida yutuqlarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi bo’yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg’in jalb qilishga ham bog’liqdir. Har bir ota-ona oila tarbiyasida o’zlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim.

Halima Xudoyberdiya nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab internatining 8-sinf o’quvchisi Axmadaliyeva Mehribonu ham ta’til vaqtlarida oilaning farishtalari bo’lmish buvisi va buvasi nasihatlariga quloq solgan holda ijod qilmoqda.

Ziyoli oilada kamol topayotgan Mehribonu – bugungi global muammoga aylanib borayotgan vaziyatda, yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlarga befarq bo’lmay uyda qolib online berib borilayotgan dars mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtida mehrli oilasi uy ishlariga yordam bermoqda.

Mehribonu ziyolilar oilasida tarbiya olib bobosi Axmadali akadan biologiya fanini inobatga olgan holda dexqonchilik sirlari bilan tanishmoqda.

Axmadaliyeva Mehribonu oilasi davrasida buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurning maʼnaviy merosi bo’lgan «Temur tuzuklari» asari bilan tanishib chiqdi. Asardan olgan taassurotlari asosida bobomizga bag’ishlab insho yozdi. Mehribonuning aytishicha, ushbu inshoda oila-aʼzolarining fikrlari jamlangan.

«Besh tashabbus honadonimda» shiori ostida kompyuter savodxonligini yuksaltirish maqsadida AKTdan samarali foydalanish qoidalari bilan tanishmoqda.

UYDA QOLING
Bu kun xalqim boshida bir musibat,
Bunday kunlar o’tar birlashsak albat,
Ko’p kitoblar o’qib o’rganib hikmat,
O’zingizni asrash uchun UYDA QOLING.

Qoidalarni buzmasdan taqib niqob,
Qo’l yuvishni unutmay har on har tob,
Tilimizni o’rganib qilib hisob,
Bilim ila ma’rifatchun UYDA QOLING.

Shifokorlarga har dam aytib rahmat,
Ko’chaga chiqib ming bor chekmay zahmat,
Duo qilib barchamiz doim har vaqt,
Elimizning baxti uchun UYDA QOLING.

Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir.