"General va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi

Til bayrami arafasida Namangan shahridagi Prezident maktabiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i general-mayor Ahmedov Qosimali Hoshimovich tashrif buyurdi.

 Maktabda "General va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. Tadbir davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ko'rgazma markazi tashkil etilib asbob-uskunalar va himoya vositalari bilan ham tanishtirib o'tildi.  Faol ishtirok etgan o'quvchilar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.