Nano sun’iy yo‘ldosh yig‘ish va stratosferaga uchirish bilan shug‘ullanuvchi TOP-20 qizlar jamoasi safidan o‘rin olgan Go‘zalxon Haydarova AQSHda 7-o‘rinda turuvchi Princeton universitetiga 100% grant asosida o‘qishga kirdi.
– "O‘zbekistonda nanoyo‘ldosh uchirilganda ishtirok etganman, keyingi gal haqiqiy yo‘ldosh uchirmoqchiman".
– "Princeton universitetida grant yutishdan ko‘ra o‘qishga kirish qiyinroq. Talabgorning oilasi yiliga 65 ming dollardan kam daromad topsa, universitet o‘qish pulini qoplab beradi".
– "Hayotdagi shiorim: qiz bola bo‘lganingdan afsuslanma!"
– "Nigeriyalik o‘rtog‘im kompyuter darslariga qatnashish uchun o‘g‘il bolaga o‘xshab kiyinib borishga majburligini aytib bergandi".
– "HECH BIR QIZ O‘QISH UCHUN YOKI O‘ZI XOHLAGAN ISHDA ISHLASH UCHUN QIZ BOLA BO‘LGANIDAN AFSUSLANMASIN".
– "Prezident maktablari ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar uchun muvaffaqiyat tomon qo‘yilgan birinchi qadam bo‘la oldi".