Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ochiq eshiklar kuni

Joriy yilning 25-iyul kuni 40 nafar  yangi qabul qilingan 7-sinf o'quvchilari hamda ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.Muloqot jarayonini ijod maktabi direktori P.Axmedjanova olib bordi. 
O'quvchilar va ularning  ota-onalari bilan o'tkazilgan muloqot jarayonida ularning qiziqishlari, tanlagan kasbiy yo'nalishlari, iste'dodlari, iqtidorlari haqida suhbatlashildi. Maktab ichki tartib intizomi, kun tartibi, o'quv mashg'ulotlar, to'garaklar, yotoqxonadan foydalanish talablari haqida direktor o'rinbosarlari tomonidan ma'lumot berildi.       
Maktabda o'quvchi yoshlarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, sport zal,ochiq sport maydoni,  to'garak xonalari, yotoqxona,  oshxonalar bilan tanishtirildi.
 Ijod maktabi direktori P.Axmedjanova ota-onalar tomonidan berilgan har bir savollarga batafsil javob berdi. Muloqot mazmunli va  samimiy bo'lib o'tdi.