#ijod_maktabi
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining_76_yilligi
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida oʻzbek xalqining atoqli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludi munosabati bilan qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.
⏰ Dastlab, shoira haykali poyiga gul qo'yildi. Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, viloyat faollari, shoira oila a'zolari, shogirtlari hamda ijod maktabining o'quvchi va xodimlari qatnashdilar.
✅ Tadbir mehmonlari ijodkor o'quvchilarning ijodlaridan bahramand bo'lib, shoira xotirasini yod etishdi. Soʻngra muzeydagi eksponatlar bilan tanishishdi.
🔹 Shuningdek, Viloyat musiqali drama teatrida shoiraning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan musiqali tadbir hamda “Yuragida yoʻlbars yotgan ayol” nomli spektakl namoyish etildi.