Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoni asosida mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyatida tashkil etilgan bugungi yoshlar bilan uchrashuv ham yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning davomi bo‘ldi. Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va turli davlat idoralari mas’ullari yoshlar bilan muloqot qilishdi, ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Uchrashuvda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayev ham ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglandi, ularning turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish ta’kidlandi. Jumladan, yoshlarning bir nafariga sport komleksi ochish uchun kredit ajratilishi aytildi hamda o‘quv markazi ochishni reja qilgan ikki nafar universitet bitiruvchilari uzoq muddatlik arzon ijara joy bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.