Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda 2019-2020-oʻquv yilining muvaffaqiyatli yakunlanishini taʼminlash toʻgʻrisida“gi 40-sonli Buyrugʻi qabul qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olib, aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, oʻquvchilar hayoti va sogʻligʻining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida istisno tariqasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan Agentlik tasarrufidagi maktablarda 2019-2020-oʻquv yilini yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkazilmasdan yakunlashga qaror qilindi.
Shuningdek, Prezident maktablarida STEAM fanlarini masofadan oʻqitish jarayoni 20-iyunga qadar olib borilishi maʼlum qilinadi.