2019 yil 20 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Mega-Talant” isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan biologiya va kimyo fanidan XVI Xalqaro olimpiada oʻtkazildi. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ga aʼzo davlatlardan ishtirok etgan isteʼdodli oʻquvchilar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5 nafar oʻquvchisi ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egalladilar.
Jumladan,
II oʻrin sohiblari:
Muxtorxoʻdjaeva Durdona (10-sinf) 30 baldan 28 ball toʻpladi;
Raxmatullaev Djasur (9-sinf) 30 baldan 28 ball toʻpladi;
Djamolov Azimjon (9-sinf) 30 baldan 28 ball toʻpladi;
Boymaxammadov Ikromiddin (9-sinf) 30 baldan 28 ball toʻpladi.
III oʻrin sohibi:
Kamolov Umidjon (9-sinf) 30 baldan 26 ball toʻplagan.
“Mega Talant“ isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash markazi har yili bir necha marotaba 26 xil yoʻnalish boʻyicha olimpiadalar oʻtkazadi. Bu olimpiadalarda MDH davlatlaridan 1 mln.dan ortiq oʻquvchilar qatnashadi. Olimpiadalar onlayn ravishda olib borilib, oʻquvchilar 15 ta savoldan iborat test sinovi boʻyicha baholanadilar. Test sinovlari natijalari boʻyicha eng yuqori 80% natija egalari I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlanib, qolgan oʻquvchilar esa sertifikat egasi boʻladilar. Shuningdek, faol ishtirokchilar noutbuk, elektron kitob va boshqa bonuslarga ega boʻlish imkoniyatiga egalar.