IGCSE, AS va A LEVEL IMTIHONLARI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT 

#info
#A_Level
#AS_Level
#IGCSE

 

✔️ Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati boʻlib, imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
- A+(a+) - eng yuqori
 -E(e) - eng past koʻrsatgich hisoblanadi.

✔️ A-level sertifikatini olish uchun  nafaqat Prezident maktabi taʼlim oluvchilar, balki mazkur imtihonlarni barcha xohlovchilar topshirishlari mumkin. 

✔️ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

✔️ Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablarida mazkur imtihonlar oʻtkaziladi. 

✔️ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2 marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida boʻlib oʻtadi.  Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. 

✔️ Cambridge Assessment imtihon uchun 50 dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa 3 tadan 5 tagacha fan tanlaydi.

✔️ Cambridge Assessment A-level dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi. 
Prezident maktablari oʻquvchilari: 
➖ IGCSE imtihonini — 9-sinfda, 
➖ AS imtihonini — 10-sinfda, 
➖ A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.

✔️ Chetdan kelgan (Prezident maktablari oʻquvchisi boʻlmagan) talabgorlar nechanchi sinfda oʻqishidan qatʼiy nazar, oʻz bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

✔️ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida,  A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.
___ ___ ___

‼️ Imtihonlarda ishtirok etish uchun oʻz hududingizdagi PREZIDENT MAKTABLARI (https://t.me/piimauz/14000)ga murojaat etishingiz mumkin.

🔔 ROʻYXATDAN OʻTISH JORIY YILNING 14-FEVRALIGA QADAR DAVOM ETADI.