Ijod maktabida 5 ta tashabbus ijrosi

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5ta muhim tashabbusni ilgari surganligi hech kimga sir emas.

Bugungi kunda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni maqsadida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng turli to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, birinchi tashabbus doirasila ijod maktabida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarish maqsadida turli to‘garaklar, mahorat darslari yo‘lga qo‘yildi.

Ikkinchi tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi. O‘quvchilar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi.

Uchinchi tashabbus doirasida ham o‘quvchilar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan to‘garak mashg‘ulotlari, informasion texnologiyalardan oqilona foydalanishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, o‘quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri tarbiyalab, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha alohida to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha o‘quvchilarni maʼnaviyatini yana-da yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etilmoqda. "Zakovat", "Kitobxon o‘quvchi", "Mutolaa soatlari" va "Bir asar tarixi" kabi tadbirlar yo‘lga qo‘yildi. Tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan iqtidorli o‘quvchilar ijod maktabi rahbariyati tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Beshinchi tashabbus bo‘yicha ham o‘quvchi qizlar o‘rtasida "Orasta qizlar" va "Qizlarjon" to‘garaglari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘quvchi qizlarning chevarlik, to‘quvchilik, pazandalik va boshqa iqtidorlari aniqlanib, ular bilan doimiy ish olib borilmoqda. "Usta-shogird" anʼanasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.