Ijod maktabida mahorat darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy  ijod maktabi hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti o'rtasida ijodkor o'quvchilarning iste'dodini yanada oshirish maqsadida "Mahorat darslari" ni o'tkazish va qator boshqa madaniy- ijodiy tadbirlar tashkil etish bo'yicha memorandum imzolangan.

Mazkur Memorandum doirasida bugun,  30-oktabr kuni, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti ustozlari hamda ijodkor talabalari  bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga “Mahorat darslari" bo’lib o’tdi.

Unda o’quvchilar doira, nay, qashg'ar rubobi, afg'on rubobi kabi sozlarning tarixi haqida ma’lumotga ega bo’lish bilan birgalikda sozandalar bilan birgalikda ushbu cholg'u asboblarida kuylar ijro etishdi.