Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirib o'qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan ijod maktabida qabul jarayonlari yuzasidan "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o‘tkazildi.
Mazkur "Ochiq eshiklar kuni"da jurnalistlar, ota-onalar va umumta'lim maktablarining o'quvchilari qabul kvotalari, kirish imtihonlari va hujjatlar topshirish tartibi haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.
"Ochiq eshiklar kuni" doirasida press-tur ham tashkil etilib, yig‘ilganlar ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, laboratoriya, "Iste'dodlar markazi", "Besh tashabbus xonasi", amfiteatr, yotoqxona, kutubxona hamda media xonalari bilan tanishishdi.